Ertaga Eronning Isroilga hujumi amalga oshishi mumkin – OAV
Olam
−
04 avgust
13858Eron HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi tufayli o‘ch olish uchun ertaga, 5 avgust kuni Isroilga hujumni boshlashi mumkin. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar va Isroilning uchta rasmiysiga tayanib, “Axios” yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Eron va “Hizbulloh” rahbarlari “Hizbulloh” qo‘mondoni Fuad Shukr va HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi uchun qasos olishga va’da bergan.
Shuningdek, amerikalik rasmiylar Eronning javob harakatlari 13 aprel kuni Isroilga qilingan raketa va dronlar hujumi ssenariysi bo‘yicha amalga oshirilishini kutmoqda. Biroq bu safargi hujum kengroq miqyosda va “Hizbulloh” ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Xoniya va uning qo‘riqchilaridan biri Tehrondagi qarorgohga qilingan hujumdan so‘ng halok бўлганди. Bir nechta OAVda uning raketa hujumi uyushtirilishi ortidan vafot etgani yozilgandi. Keyinroq, Xoniya Eron poytaxtidagi o‘zi istiqomat qilayotgan mehmonxonaga yashirincha olib kelingan hamda o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushishi oqibatida halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Tehronda o‘ldirilgani uchun Isroil qattiq jazoga tortilishini aytdi. “The Wall Street Journal” gazetasi esa, Eronning Isroilga yangi hujumi aprel oyidagidan ko‘ra kuchliroq va kutilmagan bo‘lishi mumkinligi, chunki Islomiy respublika o‘z rejalari haqida hech kimga xabar bermayotgani haqida yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari Jo Bayden ma’muriyati Eron HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi tufayli o‘ch olish uchun Isroilga hujum qilmoqchi ekanligiga ishonchi komilligi va ehtimoliy urushga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi