Ertadan Istanbulda maska taqmaganlarga yangi jazo kuchga kiradi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida ertaga, 22 iyundan tibbiy niqob taqmaganlarga nisbatan 900 turk lirasi yoki 130 AQSH dollari miqdorida jarima tayinlash bilan bog‘liq qaror kuchga kiradi. Ikki kun avval shaharning turli hududlarida ushbu jazolar farqli bo‘lib kelayotgan edi. Ba’zi hududlarda 392 turk lirasi (57 AQSH dollari) bo‘lsa, ayrim tumanlarda jarima miqdori 3150 turk lirasi (460 AQSH dollari)gacha chiqdi. 

Shaharning 49 tumanida niqob taqish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilindi. Istanbul ma’muriyati ochiq joylarda tibbiy niqob taqmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik ochilishini ma’lum qildi. 

Kecha Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yana bir bor koronavirs masalasida chiqish qilib, xalqqa murojaat yo‘lladi. Davlat rahbari butun dunyoda, jumladan Turkiyada kasallanish holati keskin ortib borayotgani, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining ko‘p qismi koronavirusga chalinib vafot etayotganini tashvish bilan tilga oldi. U vaziyat jiddiyligini qayd etarkan, koronavirusga qarshi kurashdagi navbatdagi omillarni ochiqladi. 

“Maska, ozodalik va ijtimoiy masofa”, deydi ovozini balandlatdi Erdo‘g‘an. 

Ayni vaqtda Turkiyada koronavirusga chalinganlar 186 493 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 158 828 nafari sog‘aygan, 4927 nafari vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 iyun kuni O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqqan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul niqob

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing