5 iyuldan avtomobillar harakati yana cheklanadi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
95905O‘zbekistonda karantin choralarining kuchaytirilishi ortidan “qizil” va “sariq” hududlarda avtotransport vositalari harakatlanishiga nisbatan yana cheklovlar o‘rnatilmoqda.
O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga ko‘ra:
“sariq” hududlarda soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar;
“qizil” hududlarda soat 07:00 dan – 10:00 gacha va 17:00 dan – 20:00 gacha avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat beriladi.
Cheklovlar joriy yilning 5 iyul kuni soat 00:01 dan boshlab kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 30 martdan 20 aprelga qadar Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillarda harakatlanish uchun Davlat xizmatlari markazlaridan maxsus stiker olish kerakligi belgilandi
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar