Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2023 3936 1 daqiqa
Muhammad Ali Iskandariy Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Eronning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Muhammad Ali Iskandariy janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.

Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston-Eron hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy faoliyatini yakunlagandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr