Eronning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Olam

image

Kecha 9 mart kuni Eron raketasi Turkiya havo hududida urib tushirilgach, Eronning Anqaradagi elchisi Muhammad Hasan Habibullohzoda Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron tomonidan uchirilgan va Turkiya havo hududiga kirgan ballistik raketaga nisbatan norozilik bildirilgan va voqea bo‘yicha tushuntirish berishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Erondan mamlakatga yo‘naltirilgan raketa haqida bayonot berdi va bu mavzuda Eronni keskin ogohlantirgandi. Shundan so‘ng ikkinchi bor Eronning ballistik raketasi Turkiya havo hududida urib tushirildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mazkur hodisa bo‘yicha Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatlashgan va uni Turkiya havo hududini buzmaslikka chaqirgandi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron Muhammad Hasan Habibullohzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing