Eronning Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha munosabati ochiqlandi
Olam
−
06 iyul 2022 20005 1 daqiqa
Eron Islom Respublikasi O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda tinchlik, osoyishtalik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullahiyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan suhbatda ma’lum qilgan.
Ikki davlat tashqi idoralari rahbarlari o‘rtasidagi telefon suhbati bugun, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgani aytilmoqda.
“Husayn Amir-Abdullahiyon Eron tomoni O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda tinchlik, osoyishtalik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Eron tashqi ishlar vaziriga Qoraqalpog‘istondagi mavjud holat, vaziyatning beqarorlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada jamoat tartibini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi”, deyiladi O‘zbekiston TIV axborotida.
Muloqotda O‘zbekiston-Eron ko‘p qirrali munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengayishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Bo‘lib o‘tajak tadbirlarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.
Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan tabriklab, O‘zbekiston va Eronning xalqlariga farovonlik va ravnaq tilaganlar.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr