Eronning aviahalokat uchun kompensatsiya taklifi Zelenskiyni qoniqtirmadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Eron Tehron yaqinidagi aviahalokat qurbonlari oilasiga 80 ming AQSH dollaridan kompensatsiya to‘lash taklifini bildirganini ma’lum qildi.

“Bu juda kam. Ko‘proq summa uchun bosim o‘tkazamiz”, degan Zelenskiy TSN bilan intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasining Tehron-Kiyev yo‘nalishida uchgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragandi. Natijada havo laynerida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘ldi.

Oradan uch kun o‘tib Eron harbiylari samolyot inson xatosi tufayli raketa bilan urib tushirilganini tan oldi. Eron AQSHdan hujum kutayotgani va samolyot harbiy ob’ekt yaqinidan uchgani uchun “dushman” deb urib tushirilgani aytildi.

Ukraina Prezidenti rasmiy Tehrondan aybini to‘liq tan olishi, qurbonlar oilasiga kompensatsiya to‘lashi va aybdorlarni jazolashini talab qildi. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bu talablarning barchasini qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

aviahalokat Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing