Eronga qarshi o‘yinda rus futbolchilarini qancha muxlis qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasini Eron terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida 500 nafarga yaqin muxlis qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

“Tehrondagi o‘yinda 500 nafargacha muxlis Rossiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda”, deyiladi Rossiya futbol ittifoqi xabarida.

Eron va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Erondagi o‘yin Rossiya terma jamoasi uchun 2023 yildagi birinchi bahs bo‘ladi. Joriy yilning 26 mart kuni Sankt-Peterburgdagi “Gazprom-Arena” stadionida Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Iroq terma jamoasi bilan o‘ynashi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Rossiya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing