Eronga qarşi uruş AQŞga qançaga tuşyapti?
Olam
−
08:13 1119 2 daqiqa
AQŞning Eronga qarşi uruş uçun sarflagan mablaği 47 milliard dollardan oşdi. Bu iyul oyida berilgan hisob-kitobdan 25 foizga köproqdir. Bu haqda Pentagon ma’lumotlariga tayanib “Reuters” xabar berdi.
“Reuters” qölga kiritgan Pentagon ma’lumotlariga köra, uruşda işlatilgan öq-dorilarni qayta töldiriş uçun 29 milliard dollardan ortiq mablağ kerak böladi. Yöqotilgan harbiy texnika va boşqa vositalar örnini töldiriş uçun esa Kongressdan yana 6 milliard dollardan köproq mablağ ajratilişi talab etiladi. Bunga uruş davomida yöqotilgan samolyotlar va köplab dronlar ham kiradi.
Pentagonning yangi hisob-kitobi hozirça ommaga e’lon qilinmagan. AQŞ Mudofaa vazirligi “Reuters” agentligining izoh söroviga javob bermagan.
Uruş xarajatlarining oşişi AQŞda joriy yilning 3 noyabr kuni bölib ötadigan Kongress saylovlari arafasida Respublikaçilar partiyasi uçun muammolarni kuçaytirmoqda. Mojaro sabab dunyoda energiya narxlarining oşişi respublikaçilar nomzodlarini qöllab-quvvatlaş darajasiga salbiy ta’sir körsatgan. Şuningdek, bu holat Prezident Donald Trampning reytingiga ham zarar yetkazgan.
AQŞ va Isroil fevral oyida Eronga qarşi uruş boşlagan edi. Öşanda Tramp mojaro qisqa vaqt davom etişini aytgan. Dastlab AQŞ harbiylari Eron mudofaa tizimlarini yöq qiliş uçun qimmat va yuqori aniqlikdagi raketalardan foydalangan. Keyingi bosqiçda esa nisbatan arzonroq bombalardan foydalaniş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset iyul oyida uruş xarajatlarini 37,5 milliard dollarga baholagan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr