Eronga qarshi urush AQSHga hozirgacha $37,5 milliardga tushdi – Xegset (video)

Olam

image

Eronga qarshi urush uchun AQSHga hozirgacha 37,5 milliard dollarsarfladi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset Vashingtondagi Kongress eshituvida ma’lum qildi

Xegset Vashingtondagi Kongress eshituvida omma orasida qo‘llab-quvvatlanmayotgan mojaro uchun shoshilinch moliyalashtirishni so‘rar ekan, mazkur mablag‘ urush bilan bog‘liq ayrim xarajatlar hamda 30 sentyabrgacha kutilayotgan sarf-xarajatlarni o‘z ichiga olishini aytgan.

Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga olti oy qolgan bir paytda, Prezident Donald Trampning Respublikachilar partiyasi Vakillar palatasi va Senatdagi ko‘pchiligini saqlab qolishi qiyinlashishi mumkin. Demokratlar esa jamoatchilik fikri so‘rovlarida yuqori natijalar qayd etib, Eron urushi mavzusini aholi turmush qimmatlashuvi bilan bog‘lashga harakat qilmoqda.

Pentagon ushbu 37,5 milliard dollarlik hisob-kitob qanday shakllantirilganiga aniqlik kiritmagan. Tramp o‘tgan oy Kongressdan qariyb 90 milliard dollarlik qo‘shimcha mablag‘ so‘ragan bo‘lib, uning asosiy qismi Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlarga ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa urushdan norozi bo‘lgan qonun chiqaruvchilar bilan yana bir bahsga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

“Prezident mojaroni kengaytirish va urush jinoyatlari sodir etish bilan tahdid qilmoqda hamda bu yana bir cheksiz urushga aylanishi mumkinligini aytmoqda”, degan senatning Assignatsiyalar qo‘mitasidagi yetakchi demokrati Petti Myurrey eshituvda. 

“Odamlar siz va bu ma’muriyatdan norozi bo‘lishining sababi – avval aytgan gaplaringiz bilan hozirgi bayonotlaringiz bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti. Urush yo tugadi, yo tugamadi. Ikki hafta deysiz, keyin boshqacha deysiz. Raketalar bor deysiz, keyin yo‘q deysiz”, degan demokrat senator Kirsten Gillibrand.

Shuningdek, Xegset qonun chiqaruvchilarni qo‘shimcha mablag‘ ajratishga chaqirib, aks holda harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini qisqartirishga to‘g‘ri kelishini aytgan. Urush Pentagonning qariyb 1 trillion dollarlik byudjetiga jiddiy bosim o‘tkazmoqda va harbiy xizmatchilarni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qo‘shma shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn eshituvda xizmatchilar maoshini to‘lash imkoni topilishini, ammo texnikaga xizmat ko‘rsatish va kelgusi harbiy imkoniyatlarga sarmoya kiritish qiyinlashishi mumkinligini tan olgan. Xegset esa qonun chiqaruvchilarni nafaqat qo‘shimcha mablag‘ so‘rovini, balki 2027 yil uchun 1,5 trillion dollarlik mudofaa byudjeti loyihasini ham qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

“Bu idorani 1,5 trillion dollar miqdorida moliyalashtirmaslik mamlakatimiz oldidagi eng katta tahdid, deb hisoblayman”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi mojaroning narxi qancha ekanligi to‘g‘risida QALAMPIR.UZ maqolasi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing