Eronda ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. 35 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
21 avgust
5237Pokistondan Iroqqa ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus Eronning markaziy qismida halokatga uchradi. Oqibatda kamida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Radio Pakistan” xabar berdi.
Mahalliy favqulodda vaziyatlar rasmiysi Muhammad Ali Malekzodaga ko‘ra, avariya kecha, 20 avgust kuni kechqurun Eronning markaziy qismidagi Yazd viloyatida yuz bergan. Halokatda 23 kishi tan jarohati olgan, ulardan 15 nafari jiddiy. Hodisa payti avtobusda 51 kishi bo‘lgan. Halokat sabablari aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Eron yo‘llarida har yili 17,000 ga yaqin o‘lim holatlari yuz beradi va bu dunyodagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bunga yo‘l harakati qoidalariga e’tibor bermaslik, xavfli transport vositalari va qishloq joylarida favqulodda xizmatlarning yetarli emasligi sabab qilib ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Nepalda 70 ga yaqin kishi bo‘lgan 2 avtobus daryoda oqib ketgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi