Eronda so‘nggi 50 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik sabab namoyishlar avj oldi (video)
Olam
−
18 iyul 2021
6192Eronda so‘nggi ellik yildagi eng yomon qurg‘oqchilik holati kuzatilmoqda. Suv yetishmasligi tufayli fuqarolar Hukumatga qarshi shiorlar bilan ko‘chalarga chiqdi. Bu harakatlar paytida hozirgacha ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Iran News Wire” xabar bergan.
So‘nggi kunlarda Eronning Huziston viloyatida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ba’zi namoyishchilar Hukumatga va oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi shiorlar bilan ko‘chalarga chiqqan.
Manbaning xabar berishicha, namoyishlar paytida 26 va 17 yoshli ikki yigit halok bo‘lgan.
“Kecha, 16 iyul kuni Huziston viloyatidagi ommaviy norozilik namoyishlari paytida yosh namoyishchilar — 26 yoshli Mustafo Nayemavi va 17 yoshli Qosim Xozeyri xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirildi. Ular o‘zlarining asosiy huquqlarini talab qilgandi”, deyilgan xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, qurg‘oqchilikdan tashqari AQSH sanksiyalari va koronavirus pandemiyasi tufayli ham Eron iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘rgan. Mamlakatda har yili inflyatsiya 50 foizdan oshmoqda va ishsizlik darajasi ortib bormoqda.
LiveBarchasi