Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 12 kishi qo‘lga olindi 

Olam

image

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 6 ta turli viloyatda 12 kishini “sionistik rejim (Isroil) bilan hamkorlik” va “mamlakat xavfsizligiga qarshi harakatlarda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda Eronning “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.

“Sionist rejim va uning G‘arb va Yevropa tarafdorlari, xususan, AQSHning G‘azo va Livan xalqiga qarshi qabih va shaytoniy maqsadlarga erishishda shov-shuvli muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, bu soxta va irqchi rejimning jinoyatchi yetakchilari inqirozni yoyishga harakat qilmoqda. Eron o‘z xavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni o‘z kun tartibiga qo‘ygan”, deyiladi Inqilob gvardiyasi bayonotida. 

Ma’lumot uchun, Eron razvedka vazirligi 28 mamlakatda “Mossad” josuslari aniqlanganini e’lon qilgan edi. Shuningdek, vazirlik Isroildagi maxfiy harbiy ob’ektlar, qurol zavodlari va strategik fuqarolik infratuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Ashkelon shahrida Eron josusi qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing