Eronda AQSH fuqarosi qo‘lga tushdi. U “shpion“likda ayblanmoqda

Olam

image

Eron rasmiylari AQSH va Eron fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda 26 yanvar kuni Eron Oliy sudining rasmiy vakili G‘ulom Husseyn Ismoiliy ma’lum qilgan.

“Yaqinda Erondan chiqib ketmoqchi bo‘lgan, ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs ushlandi. Ushbu shaxs josuslik qilish va boshqa davlat uchun ma’lumot yig‘ish bilan shug‘ullangan”, deydi Oliy sud vakili.

Ta’kidlanishicha, Eronda ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lish taqiqlangan. Shu sababli josuslikda ayblanayotgan shaxs faqat Eron fuqarosi hisoblanadi.

Eron va AQSH munosabatlarining sovuqlashgani sababli Tehronda chet el josuslarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha kompaniya ketmoqda. Xususan, 2019 yilning 1 oktyabrida Eronda AQSH fuqarosi josuslikda ayblanib, qatl qilingan edi. Undan tashqari, 2020 yilning 4 fevral kuni Eron fuqarosi Vashington foydasiga yadro dasturi bo‘yicha josuslik qilgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron josuslik Tehron

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing