Eronda harbiy paradlar o‘tkazildi
Olam
−
17 aprel
6507Eron armiyasi kuni munosabati bilan mamlakatning yirik shaharlarida harbiylarning barcha bo‘g‘inlari vakillari ishtirokida harbiy paradlar o‘tkazildi. Press TV Tehrondagi paradni to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qildi.
Eron poytaxtidagi paradning ochilish marosimida respublika Prezidenti Ibrohim Raisiy chiqish qildi. U o‘z nutqida Qurolli kuchlarni kasb bayrami bilan tabriklab, armiya “Vatan, hududiy yaxlitlik va Eron inqilobi qadriyatlarini himoya qilishda” muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hech kim “Eronga qarshi harakatlarning harbiy ssenariysini muhokama qilmayapti va bu uning armiyasining kuchi bilan bog‘liq”.
Tehrondan tashqari, Eron Qurolli kuchlarining paradlari respublikaning boshqa viloyat markazlarida, jumladan Mashhad, Isfaxon, Sheroz, Sanandaj, Birjand va Hamadonda ham bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Armiya kuni Eron Islom Respublikasi asoschisi Oyatulloh Ruhulloh Musaviy Humayniy tomonidan 1979 yilda asos solingan va odatda har yili 18 aprelda nishonlanadi, ammo bu yil bayram 17 aprelga ko‘chirildi.
LiveBarchasi