Eron yadrochi olimning qotillaridan o‘ch olishni va’da qildi
Olam
−
28 noyabr 2020
7812Eron Oliy rahbarining maslahatchisi Husayn Dehqon mamlakat yadro dasturi mualliflaridan biri bo‘lgan yuqori martabali yadrochi olim Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishiga javob qaytarishni va’da qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
“Biz shahidning qotillariga chaqmoqdek yopirilamiz”, degan Oliy rahbar maslahatchisi.
Isroil Bosh vaziri idorasi Eron rasmiylarining ayblovlariga izoh berishdan bosh tortdi.
Avvalroq Eronning yadrochi-fizik olimi Muhsin Faxrizoda o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. U Eron poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi.
Rasmiy Tehron yadrochi olimining o‘limidan so‘ng AQSH va Isroilni ogohlantirdi. Xususan, Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qildi.
Umidjon Nozimjonov
LiveBarchasi