Eron va Turkiya chegarasida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
23 fevral 2020
5179Eron va Turkiya chegarasidagi hududda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda bugun, 23 fevral kuni Yevropa va O‘rta yer dengizi seysmologik markazi xabar qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, zilzila sabab 7 kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning uchtasi bolalar ekanligi ma’lum qilindi. Vayronalar ostida hali odamlar borligi aytilmoqda.
Yer silkinishlari Toshkent vaqti bilan soat 10.52 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Eronning Tabriz shahridan 141 kilometr g‘arbda va Turkiyaning Ozalp shahridan 71 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i yer sirtidan 5 km chuqurda joylashgan.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi