Eron va Suriya bilan urush tugamadi – Isroil
Olam
−
23 iyul 6116 2 daqiqa
Isroil armiyasi Suriya va Livandagi “Hizbulloh” harakatining strategik imkoniyatlarini orttirishiga to‘sqinlik qilishda, Suriyada o‘z harakatlarini saqlashda va Eron bilan kurashishda davom etadi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-leytenant Eyal Zamir tomonidan berilgan bayonotda ma’lum qilindi.
Zamir deyarli ikki yil ichida ilk bor yuqori harbiy rahbariyat bilan birgalikda bir nechta front bo‘yicha holatni to‘liq baholab chiqqan. Isroil chegaralaridagi va butun Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha razvedka ma’lumotlari, operativ holat va strategik baholar taqdim etilgan. Zamir Isroil armiyasining keng qamrovli qurolli mojaro uchun doimiy tayyorligini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.
“Biz havodagi ustunligimizni saqlab qolamiz va razvedka imkoniyatlarimizni rivojlantirishda davom etamiz”, degan general-leytenant.
Uning ta’kidlashicha, Isroil Suriya va Livandagi “Hizbulloh”ning strategik salohiyatini kuchaytirishiga to‘sqinlik qilishda davom etadi, shuningdek, Suriyada o‘z harakat erkinligini himoya qilish uchun amaliyotlarni davom ettiradi.
“G‘azo sektoridagi urush – Isroil armiyasi duch kelgan eng murakkab urushlardan biri. Biz bu urush uchun yuqori narx to‘layapmiz”, deya qo‘shimcha qilgan Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i.
Zamir, shuningdek, Eron masalasiga ham to‘xtalgan.
“Eron va uning ittifoqchilari hali-hanuz bizning nishonlarimiz bo‘lib qolmoqda. Eron bilan urush hali yakunlanmagan”, degan general-leytenant.
Bundan tashqari, u Isroil armiyasi Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi bosib olingan hududlarda ham amaliyotlarini davom ettirayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasida otashkesim e’lon qilinsa-da, 21 iyul kuni Isroil harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari Suriya janubidagi Suvayda va Daraa viloyatlari chegarasida arab qabilaviy kuchlarining pozitsiyalariga hujum qilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr