Eron Trampni o‘ldirmoqchi bo‘lganini qaysi davlat razvedkasi aniqlagani aytildi

Olam

image
Tramp Erondan tovon undirmoqchi north_east

Tramp Erondan tovon undirmoqchi

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Isroilning AQSH Prezidenti Donald Trampga Eron tahdidi haqida bergan ma’lumotiga shubha bilan qaradi, shu sababli u iyul oyi boshida Turkiyani o‘z samolyotida emas, balki boshqa samolyotda yashirincha tark etdi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi AQSH maxsus xizmatlarining sobiq va amaldagi xodimlariga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi Isroil xabardor qilgan Eronning Prezident Donald Trampga suiqasd tahdidini shubha bilan qabul qilgan. Nashrning yozishicha, razvedka boshqarmasi tahlilchilari bu razvedka ma’lumotlarini ishonchli deb hisoblamagan va bu haqda Vashington ma’muriyati xodimlariga xabar bergan. Biroq, Oq uy va AQSH Maxfiy xizmati, nashrda ta’kidlanganidek, tavakkal qilmaslikka qaror qilgan va qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust kuni 10 avgust kuni “The Washington Post” gazetasi Tramp 7-8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng o‘zining prezidentlik samolyotiga chiqqani, biroq bir necha daqiqadan so‘ng u yashirincha AQSH Harbiy-havo kuchlarining C-32A samolyotiga o‘tkazilgani va Turkiyani yashirincha tark etganini yozdi. Vashington ma’muriyati esa u o‘z samolyotida bo‘lganini da’vo qilgan. Maqolada ta’kidlanganidek, potensial jinoyatchilarni chalg‘itish operatsiyasi Trampga Eron bilan bog‘liq haqiqiy tahdid tufayli amalga oshirilgan.

Tramp 11 avgust kuni AQSH Maxfiy xizmati va harbiylarining tavsiyasi bilan Turkiyani o‘z samolyotida emas, balki boshqa samolyotda tark etganini tasdiqladi.

Tramp 7 iyul kuni Anqaraga tillarda doston bo‘lgan yangi samolyotida kelgandi. O‘shanda samolyot Qatar Amiri tomonidan sovg‘a qilingani va uning taxminiy bozor qiymati 900 million dollar atrofida ekani aytilgandi. Biroq, Tramp 9 iyul kuni mamlakatni o‘zining yangi hashamatli samolyotiga emas, balki United Airlines kompaniyasi samolyotiga chiqib ketayotgani suratlari tarqalgandi.  

Senatdagi bir nechta demokratlar Vashington ma’muriyatidan ushbu operatsiya tafsilotlarini, shuningdek, uning o‘tkazilish sabablarini oshkor qilishni talab qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing