Aroqchi kutilmaganda Bayrutga bordi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi yuqori darajali rasmiy delegatsiya bilan birga Livan poytaxti Bayrutga bordi va Livan rasmiylari bilan uchrashdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, vazir samolyoti tibbiy yordam yukini olib borgan.

"Eron delegatsiyasi tashrif davomida Livanning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi va Livanga oziq-ovqat va dori-darmon ko‘rinishida 10 ming tonna yordam beradi", deb yozdi Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ay X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

1 oktyabrdan beri Isroil Livanning janubida "Hizbulloh" kuchlariga qarshi quruqlikdagi operatsiyani olib bormoqda va qo‘shni davlatni havodan bombardimon qilishda davom etmoqda. 

1 oktyabr kuni Eron Isroilni tarixda ikkinchi marta yirik raketa otishmalariga duchor qildi va buni o‘zini himoya qilish harakati deb atadi. Isroil harbiylarining aytishicha, 180 ga yaqin ballistik raketalar uchirilgan, ularning aksariyati tutib olingan. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda Isroilning turli hududlariga qulagan snaryadlar oqibatlari aks etgan. Isroil rasmiylariga ko‘ra, otishmada mamlakat fuqarolari orasida qurbon bo‘lmagan. Bir qator ommaviy axborot vositalari G‘arbiy Sohilda bir kishi, ehtimol G‘azo sektoridan bo‘lgan falastinlik halok bo‘lganini xabar qildi.

Eronliklar Isroil harbiy nishonlarini urganini da’vo qilmoqda, isroilliklar zararni "minimal" deb atashadi. Ular javob zarba berishga va Qo‘shma Shtatlar o‘zining Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisiga yordam berishga va’da beradi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Eronning Isroilga raketa hujumidan so‘ng, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Yaqin Sharqda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, inqirozlarni hal qilishda to‘liq nochorligini ko‘rsatganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Eronning hujumiga javob qaytarsa, Eron uning infratuzilmasini yo‘q qilish bilan tahdid qilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Livan Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made