Eron Tashqi ishlar vaziri Isroil bayrog‘i tufayli Avstriyaga tashrifini bekor qildi
Olam
−
15 may 2021
7848Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Avstriya kansleri Sebastian Kurz va Avstriya Tashqi ishlar vazirligining birdamlik uchun o‘z binosi tomi ustiga Isroil bayrog‘ini ko‘tarish to‘g‘risidagi qarori tufayli Avstriyaning Venaga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Eron va Avstriya Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi 15 may, shanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Javad Zarif Venaga tashrifini bekor qildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, kecha, 14 may kuni Avstriya kansleri Federal idorasi tomida Isroil bayrog‘i birdamlik sifatida ko‘tarildi. Hozir vazirlik binosi tomida Avstriya, Yevropa Ittifoqi va Isroilning bayrog‘i ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi binosi ham Isroil bayrog‘iga burkangandi.
LiveBarchasi