Eron sobiq prezidenti Hasan Ruhoniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Olam

image

Eron sobiq prezidenti Hasan Ruhoniyga nisbatan moliya bozoridagi firibgarlik ayblovi bilan bir nechta jinoiy ish ochilgan. Bu haqda Tehronda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Eron sud hokimiyatining rasmiy vakili Mas’ud Setayeshi ma’lum qildi.

“Ruhoniylar bo‘yicha maxsus prokuraturada Eronning sobiq prezidenti, ruhoniy unvoni va martabasiga ega Hasan Ruhoniyga nisbatan bir necha ish qo‘zg‘atildi”, deydi Setayeshi.

Unga ko‘ra, Ruhoniy sud oldida bir qator savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. U valyuta firibgarligi, shuningdek, Eron fond bozoriga aralashishda ayblanmoqda.

Ma’lumot uchun, Hasan Ruhoniy 2013 yil avgustidan 2021 yil avgustigacha Eron prezidenti bo‘lgan. U ikki muddat davlat rahbari sifatida ishlagan. 2017 yil dekabridan 2018 yil yanvarigacha Eronda hukumatga qarshi keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tdi, unda namoyishchilar Ruhoniyning prezidentligidan noroziligini bildirgan. 2021 yil avgust oyida bir guruh Eron parlamenti a’zolari Hasan Ruhoniyni o‘z vazifalarini bajara olmayotganlikda ayblab, sudga murojaat qilgan. Jumladan, parlamentariylar uning prezidentligi davrida fond bozori inqirozga yuz tutgani va ko‘plab investorlar boyliklarining katta qismini yo‘qotganidan norozi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing