Eron SHHTga a’zo bo‘ladi – OAV

Olam

image

Eron Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) tashkilotiga qo‘shiladi. Eronning tashkilotga qo‘shilish jarayoni boshlanishi Dushanbeda o‘tadigan sammitda e’lon qilinadi. Bu haqda “Kommersant’” xabar bermoqda.

SHHT sammiti joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Ayni vaqtda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi.

“Tez orada birlashma a’zolari to‘qqiztaga yetadi. Dushanbeda o‘tadigan davlat rahbarlari sammitida Eronni tashkilot safiga qo‘shish boshlangani haqida e’lon qilinishi kerak”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, SHHTga a’zo bo‘lish jarayoni yana bir muncha vaqt olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing