Eron Rossiyaga nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi
Olam
−
12 Sentabr
3525Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat ijroiya hokimiyatining avvalgi rahbari Ibrohim Raisiy davrida shakllangan Rossiyaga nisbatan yondashuvni o‘zgartirish niyatida emas. Bu haqda Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Ahmadiyon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Men janob Pezeshkiyon bilan bir necha bor gaplashdim. U Rossiyaga nisbatan munosabatni o‘zgartirish niyatida emas. Prezident munosabatlarni saqlab qolish va ularni yanada rivojlantirishga qaror qildi”, dedi Ahmadiyon.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Kozim Jaloliy Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etishini va Putin bilan uchrashuvi rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi