Eron Rossiyaga 200 dan ortiq ballistik raketa yubordi – WSJ

Olam

image

Eron Rossiyaga 200 dan ortiq Fath-300 ballistik raketalarini yubordi, ular 112 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga yetib borishga qodir. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, yuk 4 sentyabr kuni kema bilan Kaspiy dengizi orqali yetkazilgan. Eronlik instruktorlar Astraxan viloyatidagi “Ashaluk” poligonida rossiyalik harbiylarni raketalarni boshqarish bo‘yicha o‘qitadi.

“Bu Donbass sharqidagi jangovar harakatlarga haqiqiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va 120 kilometrgacha bo‘lgan masofaga ucha oladigan raketalar. Ular asosan taktik maqsadlarda qo‘llaniladi, rossiyaliklar ulardan Xarkov va Sumi kabi shaharlarga, shuningdek, Ukraina armiyasining orqa hududlariga hujum qilish uchun foydalanishi mumkin”, deydi Vashingtondagi Yaqin Sharq siyosati institutining katta ilmiy xodimi Farzin Nadimiy.

Nadimiyning so‘zlariga ko‘ra, bu raketalar 500 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘ta oladigan uzoq masofali Eron raketalarini yetkazib berishga yo‘l ochishi mumkin.

"Ular Ukraina g‘arbidagi nishonlarga zarba bera oladi", deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bloomberg” Yevropa rasmiylariga tayanib, Eron tez orada Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishi mumkinligini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made