Eron-Rossiya o‘yini muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Futbol bo‘yicha Eron va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “Bookmaker-ratings.ru” sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘yinni tomoshabinlar bilan o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qaror hali e’lon qilinmagan. Mamlakatdagi hukm surayotgan holatdan kelib chiqib, Eron futbol federatsiyasi muxlislarga nisbatan taqiq qo‘yishi ehtimoli katta.

O‘yin 23 mart kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, OFKga qo‘shilishni istayotgan Rossiya terma jamoasi so‘nggi vaqtlarda Osiyo jamoalari ko‘pgina o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda. Jamoa mart oyida Tehronda Eron bilan uchrashuvdan tashqari, Sochida Iroq termasi bilan o‘yin o‘tkazishni rejalshtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol o'rtoqlik o'yini Eron-Rossiya o'yini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing