Eron razvedkasi Isroil bilan hamkorlikda gumon qilinganlarni qo‘lga oldi

Olam

image

Eron maxsus xizmatlari Isroil bilan hamkorlik qilishda gumon qilingan “terrorchi guruh” a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni “Tasnim” agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, guruh a’zolari o‘zlari qo‘lga olingan Isfaxon, Kermon, Kohgiluye va Boyerahmed viloyatlarida, shuningdek, Kurdiston va Mozandaronda qator teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ularning harakatlari Daniya va Niderlandiyada joylashgan markazlar orqali muvofiqlashtirilgan va Isroil tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan.

Hibsga olish vaqtida kamida 43 ta masofadan boshqariladigan portlovchi moslamalar, shuningdek, ko‘plab sovuq va o‘qotar qurollar musodara qilingan. Hibsga olinganlarning aniq soni haqida ma’lumot berilmagan.

Kecha, 23 iyul kuni esa Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmasiga tegishli razvedka xizmatlari mamlakat janubi-sharqida terrorizmda gumon qilingan to‘rt kishini qo‘lga olgan. Ular ham mamlakat ichida teraktlar tayyorlashda ayblangan, biroq ularning xorijiy davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani haqida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron janubi-sharqidagi Siston-Balujiston viloyatida terrorchilik guruhi tomonidan qurolli hujum uyushtirilgan va buning oqibatida yo‘l harakati politsiyasining to‘rt nafar xodimi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing