Eron Prezidenti elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar uchun aholidan uzr so‘radi

Olam

image

Eron Islom Resapublikasining amaldagi Prezidenti Hasan Ruhoniy aholi yashash punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘lgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Anadolu” yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, mamlakat turli mintaqalaridagi inshootlarning ochilishida videokonferensiya orqali so‘zga chiqqan Ruhoniy so‘nggi 2-3 hafta ichida mamlakat aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashning imkoni bo‘lmaganini tan olgan.

Unga ko‘ra, elektr energiyasidagi uzilishlar to‘g‘risida aholiga 2-3 soat oldin xabar berish kerak.

“Uzilishlar texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Men muammoning tafsilotlarini aytib o‘tishni istamayman, lekin shuni ta’kidlashni xohlardimki, elektr ta’minotidagi uzilishlar to‘g‘risidagi qaror Eron energiya tizimini himoya qilishga qaratilgan majburiy chora edi”, deydi u.

Ruhoniy bu muammoga duch kelgan mamlakat aholisidan kechirim so‘radi hamda “Busher” AES ham bir necha bor o‘z ishini to‘xtatganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Eronda elektr energiya ta’minotida keng ko‘lamli uzilishlar yuz bermoqda. Buning oqibatida mamlakat poytaxti Tehronda joylashgan “Isroilni yo‘q qilish” uchun qancha vaqt qolganini ko‘rsatib turuvchi elektron tablo o‘chib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tehron Ruhoniy

Baholaganlar

58

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing