Eronda “Isroilni yo‘q qilish” uchun qancha vaqt qolganini hisoblab turuvchi soat o‘chib qoldi
Olam
−
06 iyul 2021
13330Eronda elektr energiya ta’minotida keng ko‘lamli uzilishlar yuz bermoqda. Buning oqibatida “Isroilni yo‘q qilish” uchun qancha vaqt qolganini ko‘rsatib turuvchi elektron tablo o‘chib qoldi. Bu haqda “The Jerusalem Post” nashri yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Eronning turli mintaqalari muntazam ravishda elektr uzilishlariga duch kelmoqda.
“Iordaniyadan Pokistongacha bo‘lgan butun hudud juda issiq ob-havo tufayli elektr ta’minotidagi uzilishlardan aziyat chekmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mamlakat aholisi o‘rtasida norozilik kayfiyati kuchaymoqda. Bunga elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab bo‘lgani da’vo qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, elektr energiyasidagi uzilishlar sabab o‘chib qolgan soat 2017 yil iyunida Isroilning Falastinga nisbatan siyosatiga qarshi chiqqan eronlik namoyishchilar tomonidan o‘rnatilgan. O‘rnatish vaqtida soat “Isroilni yo‘q qilish”ga 8411 kun (bu taxminan 2040 yilga to‘g‘ri keladi —tahr.) qolganini ko‘rsatardi.
LiveBarchasi