Eron Pokistonni gaz quvuri qurilishini kechiktirayotgani uchun sudga bermoqchi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron hukumati qo‘shni davlatlarni bog‘lovchi gaz quvuri qurilishini kechiktirgani uchun Pokistonga qarshi xalqaro sudga 18 milliard dollarlik da’vo qo‘zg‘atishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Daily Pakistan” xabar berdi.

“Tehron yanvar oyida Islomobodga ultimatum qo‘ydi, agar quvurning Pokistondagi qismi 2024 yilning fevral-martigacha qurilmasa, da’vo darhol sudga yuboriladi”, deyiladi xabarda. 

Pokistonning Interstate Gas Systems va Eronning Iranian Gas Company kompaniyalari o‘rtasida gaz quvurini qurish bo‘yicha shartnoma 2009 yilda imzolangan edi. Uning shartlariga ko‘ra, Pokiston gaz quvurining 800 km uzunlikdagi qismini qurishga va’da bergan, biroq uning qurilishi 14 yildirki cho‘zilmoqda.

Eronning Pokiston bilan chegarasigacha bo‘lgan qismi allaqachon qurilgan va foydalanishga topshirish uchun tayyor.

Pokiston hukumati avvalroq Eronni AQSH bosimi va Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar tufayli loyihani davom ettira olmasligi haqida ma’lum qilgan edi, biroq shunga qaramay, 2024 yilgacha o‘z qismini qurishga majbur bo‘lmoqda.

Dastlabki loyihaga ko‘ra, umumiy uzunligi 2700 km va qiymati 1,5 milliard dollar bo‘lgan gaz quvuri Erondan Pokiston orqali Hindistongacha cho‘zilishi kerak edi. Uni ishga tushirish 2014 yilga rejalashtirilgan edi. Biroq Hindiston Pokiston hududida gaz quvuri xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni aytib, yuqori xavf tufayli loyihada ishtirok etishdan bosh tortgach, qurilish kechiktirildi.

Mazkur gaz quvurining Eron qismi Fors va Ummon ko‘rfazlari qirg‘oqlari bo‘ylab Eseluye mintaqasidagi gaz konidan Pokiston bilan chegaragacha yotqizilgan. Bu mamlakatda gaz quvuri Gvadar dengiz porti orqali o‘tishi kerak, u yerdan gaz markaziy hududlardagi iste’molchilarga yetkazilishi kerak. Loyiha bo‘yicha gaz quvurining o‘tkazish quvvati kuniga 21,5 million kub metrni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Eron Pokiston gaz quvuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing