Eron Ozarbayjon harbiy samolyotlari uchun havo hududini yopdi

Olam

image

Eron Ozarbayjon Harbiy havo kuchlari samolyotlari uchun mamlakat havo maydonini yopdi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali ma’lum qildi.  

Xabarga ko‘ra, Eron Ozarbayjon harbiy samolyotlari uchun o‘z havo maydonini yopmoqda. Ta’kidlanishicha, Tehron vakili Ozarbayjonni strategik xatolardan ogohlantirgan. 

Qayd etilishicha, Ozarbayjon o‘z navbatida Eron oliy rahbarining Bakudagi idorasi yopilganini e’lon qilgan. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tehronning Bakuni Eron bilan chegaraga yaqin joylashgan hududlarga Isroil kuchlarini jalb qilish haqidagi ayblovini rad etgandi. Aliyev, shuningdek boshqa davlatlar bilan munosabatlarni qanday darajada o‘rnatishni Ozarbayjonning o‘zi belgilab qo‘yishini qo‘shimcha qilgandi. 

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyanga ko‘ra, Qorabog‘ ozod qilinishi paytida mintaqaga bir qancha terrorchilik harakatlari kirib kelgan, Isroil ham bu keskinlikdan foydalanishga urinmoqda. Vazirning aytishicha, Eron o‘z chegaralari yaqinida Isroil kuchlarining borligiga toqat qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing