Eron oliy rahnamosi Isroilga qarshi javob qaytarishni rejalashtirmoqda – NYT 

Olam

image

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik oliy kengashiga Isroilga qarshi javob zarbasi rejasini tayyorlashni buyurdi. Bu haqda Eron rasmiylariga tayanib, “The New York Times” nashri xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, respublika harbiy qo‘mondonligi Isroil hududidagi o‘nlab harbiy nishonlar ro‘yxatini tuzmoqda.

“Zarbalar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlaridan so‘ng kutilmoqda, chunki Eron Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylov maqsadida Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishidan foydalanishi mumkinligidan xavotirda”, deydi NYT manbalari..

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasining oliy rahbari Isroil hujumi oqibatlarini baholab, shunday buyruq bergan.

Isroilning Eronga hujumi

26 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil 1 oktyabr kuni amalga oshirilgan raketa hujumi uchun “qasos” sifatida Erondagi harbiy ob’ektlarga zarba berganini e’lon qildi. Eronning xabar berishicha, mamlakat poytaxti Tehron, shuningdek, mamlakat g‘arbidagi Xuziston va Ilom viloyatlarida bir qator harbiy ob’ektlarga hujum qilingan. Rasmiy Tehronga ko‘ra, havo mudofaa tizimlari hujumlarni “muvaffaqiyatli” qaytargan, biroq ba’zi ob’ektlarga “cheklangan zarar yetgan”.

Isroil hujum "muvaffaqiyatli" bo‘lganini aytdi. Eron armiyasi ham to‘rt nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Eronni yaqinlashib kelayotgan zarba va potensial nishonlar haqida oldindan ogohlantirib, unga javoban hujum qilmaslikka chaqirgani xabar qilingandi. Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati bu xabarni rad etdi


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing