Eron Isroilga zarba berishga tayyorlanmoqda – NYT 

Olam

image

Eron Isroilga zarba berish niyatida. Tegishli buyruqni Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bergan. Bu haqda kecha, 31 iyul kuni “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

“Xomanaiy bu buyruqni kecha ertalab Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida, HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniya Tehronda o‘ldirilganidan ko‘p o‘tmay bergan”, deydi anonimlik sharti bilan gapirgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi a’zosi bo‘lgan uch nafar yuqori martabali amaldor. 

Eron Isroilni Xoniyani o‘ldirishda aybladi.

“Ushbu qilmishi bilan sionistik rejim qattiq jazoga yo‘l ochdi”, degan Oyatulloh Xomanaiy.

O‘z navbatida, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon X ijtimoiy tarmog‘ida uning mamlakati o‘zining “hududiy yaxlitligini” himoya qilishini va “terrorchi bosqinchilarni o‘zlarining qo‘rqoq harakatlaridan pushaymon qilishini” yozdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini yozgandi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ismoil Xoniyaning o‘limiga AQSHning aloqasi yo‘qligini aytdi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin Isroil hujumga uchrasa, Qo‘shma Shtatlar unga o‘zini himoya qilishda yordam berishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing