Eron boshqa davlatlar bilan harbiy salohiyatini muhokama qilmaydi – Bagay

Olam

image

Eron Islom Respublikasi hech qachon o‘zining harbiy salohiyatini hech kim bilan muhokama qilmagan va muhokama qilmaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ismoil Bagay bugun, 20 yanvar kuni Tehrondagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Matbuot anjumani chog‘ida Bagay o‘tgan haftada muhim o‘zgarishlar bo‘lgani, jumladan, Prezident Pezeshkiyonning Tojikistonga, keyin esa Rossiyaga qilgan muhim safari, shuningdek, mintaqadagi muhim voqea – G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishilganini ta’kidlab, buni ishg‘ol va adolatsizlikka qarshi chidamlilik hamda qarshilikning g‘alabasi sifatida baholadi.

Eronning Yevropa bilan Jenevada olib borgan muzokaralari haqidagi so‘nggi bayonotlarga izoh berar ekan, Bagay Eron hech qachon o‘zining harbiy salohiyati borasida muzokaralar olib bormaganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi shartnomadan chiqish tahdidlari yangilik emas va Eronning mamlakatga bosim o‘tkazish uchun “tetik” mexanizmidan foydalanishga javobi o‘rinli bo‘ladi.

U, shuningdek, Eron va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv boshida 1921 va 1940 yillardagi eski shartnomalarga havola qilinganiga izoh berib, bu kelishuvlar Eron va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixining bir qismi bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolayotganini tushuntirdi.

Bagay G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi savollarga javob berar ekan, Eron Falastin xalqining qonuniy huquqlari uchun kurashini faol qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ismoil Bagay Yamanning Sana, Xodeyda va Amran viloyatlaridagi infratuzilmalarga AQSH va Buyuk Britaniyaning yangi hujumlarini keskin qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tehron Ismoil Bagay harbiy salohiyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing