Eron BMTni noqonuniy harakatda aybladi

Olam

image

Tehron BMTning Eronning uchuvchisiz uchish apparatlaridan Ukraina hududiga zarbalar berishda foydalanish ehtimoli bo‘yicha olib borayotgan tekshiruvini noqonuniy deb hisoblaydi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Amid Said Iravoniyning tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrishga yo‘llagan maktubi bugun, 25 oktyabr kuni IRNA agentligi tomonidan chop etildi. 

Avvalroq Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya BMT kotibiyatiga maktub yo‘llab, Eronning Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib bergani bo‘yicha ayblovlarni tekshirishga chaqirgandi. Bu davlatlarning pozitsiyasi shundan iboratki, 2231-rezolyutsiya Eronga ushbu mahsulotlar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining ruxsatisiz ayrim turdagi mahsulotlar bilan savdo qilishni taqiqlaydi. Rezolyutsiya qoidalari dronlarga taalluqli emas, biroq G‘arb davlatlari BMT kotibiyati Eron bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishi mumkin, deb hisoblaydi. 

Iravoniy Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaga maktubda keltirilgan ma’lumotlarni asossiz va xato deb atadi. Uning fikricha, murojaat mualliflari Eronga qo‘yilgan asossiz ayblovlarni oqlash uchun “rezolyutsiya va Ukrainada davom etayotgan mojaroda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish o‘rtasida sun’iy bog‘lanish” o‘rnatishga harakat qilmoqda. 

“Kotibiyatga 2231-rezolyutsiya bo‘yicha so‘zda tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovga kelsak, shuni ta’kidlamoqchimanki, rezolyutsiyaning o‘zida bunday tekshiruv uchun hech qanday qonuniy asos yo‘q”, deyiladi Iravoniy maktubida. 

Uning qayd etishicha, ushbu shartlarda Eron kotibiyatni noqonuniy tekshiruv o‘tkazish yoki G‘arb davlatlarining ko‘rsatmalarini targ‘ib qilish va amalga oshirishga qaratilgan har qanday faoliyatda ishtirok etishdan ogohlantiradi. 

Ukraina va G‘arb davlatlari Eronni Rossiyaga Ukrainada foydalanish uchun uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berishda ayblamoqda, bu ularning pozitsiyasiga ko‘ra, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini tasdiqlagan 2231-rezolyutsiyani buzish hisoblanadi. Ular dronlar kelib chiqishini o‘rganish uchun Ukrainaga BMT missiyasini yuborishni so‘ramoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy avvalroq BMTning bunday tekshiruvlar o‘tkazish vakolati yo‘qligini, agar u buni o‘z zimmasiga olsa, Rossiya BMT kotibiyati bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron BMT

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing