Eron atom bombasini yaratishiga haftalar qoldi – MAGATE rahbari

Olam

image

Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega bo‘lishiga oylar emas, haftalar qoldi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi DW nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Eronning mamlakatga tibbiy va fuqarolik maqsadlarda yadroviy texnologiya kerakligi haqidagi gaplari savollarni tug‘diradi. Masalan, bu maqsadlar uchun boyitilgan uranning shunday hajmlari va uni ishlab chiqarishning shunday tezligi nima uchun kerak?” deydi Grossi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda uranni boyitish darajasi deyarli yadroviy qurol yaratish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetgan.

“Bu xavotir uyg‘otsa-da, ammo Eron allaqachon bunday qurollarga ega, degan xulosaga kelmaslik kerak”, deydi Rafael Grossi.

MAGATE rahbarining aytishicha, ishlaydigan yadroviy kallakni yaratish boyitilgan uran ishlab chiqarishdan tashqari, boshqa ko‘p narsalarni talab qiladi – masalan, sinov.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili “Reuters” nashri MAGATE maxfiy hisobotiga tayanib, Eronda allaqachon 60 foizgacha boyitilgan 128,3 kg uran borligi, bu uchta atom bombasini yaratishga qodirligini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron atom bombasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing