Eron AQSHning taklifini rad etdi

Olam

image

Tehron Vashingtonning 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi. Bu qaror rasmiy javob sifatida emas, balki hujumlarni davom ettirish orqali bildirildi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH tomoni muzokaralar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga erishishga harakat qilgan, ayniqsa Bubiyan orolidagi amerikaliklar harbiy omboriga berilgan zarbadan keyin.

Shu bilan birga, “The Wall Street Journal”ning yozishicha, Pokiston boshchiligidagi mintaqaviy davlatlar tomonidan urushni to‘xtatish bo‘yicha harakatlar to‘xtab qolgan. Eron yaqin kunlarda Islomobodda AQSH rasmiylari bilan uchrashishni istamayapti va Amerika talablarini qabul qilib bo‘lmaydigan deb hisoblayapti.

Shunga qaramay, Turkiya va Misr yangi muzokara maydonlarini – Doha yoki Istanbulni ko‘rib chiqmoqda.

AQSH razvedkasiga ko‘ra, Eron hozircha muzokaraga tayyor emas va o‘zini kuchli pozitsiyada deb hisoblaydi. Shuning uchun u Vashington talablariga rozi bo‘lishni istamayapti.

Bundan tashqari, Tehron muzokaralar “tuzoq” bo‘lishi mumkinligidan ham xavotirda. Ularning fikricha, bunday uchrashuvlar siyosiy shaxslarga qarshi hujumlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Eronga qarshi “Epik g‘azab” harbiy operatsiyasi boshidan beri 365 nafar amerikalik harbiy jarohat olgan, 13 nafari esa halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Vashington Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing