Eron AQSHni Isroilga hujumidan oldin ogohlantirgan bo‘lsa-da, jazolanadi – Bayden

Olam

image

Eron TIV shanba oqshomidagi operatsiyadan oldin Amerikani ogohlantirganini aytgan bo‘lsa-da, AQSH Prezidenti Jo Bayden fors mamlakatiga qarshi sanksiyalar joriy qilinishini ma’lum qildi.

"Bir haftacha oldin Eron Isroilga qarshi dunyodagi eng yirik raketa va dron hujumlaridan birini amalga oshirdi. Biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda Tel-Avivni himoya qildik. Bu harakati uchun Eron jazosiz qoldim, deb o‘ylayotgan bo‘lsa, xato qiladi: bugun biz Eronni javobgarlikka tortishga qaror qildik.  Sanksiyalar va eksport nazorati choralari mamlakatning beqarorlashtiruvchi harbiy dasturlarini cheklaydi”, degan Bayden.

Shuningdek, Bayden AQSH Isroil xavfsizligini ta’minlashga doimgidek sodiqligini qo‘shimcha qilgan.

“Hujumdan keyin ertalab G7 yetakchilariga aytganimdek, biz Eronga iqtisodiy bosimni kuchaytirish uchun birgalikda harakat qilmoqchimiz", degan u.

Holbuki, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Eron Isroilga hujum paytida mintaqadagi AQSH manfaatlariga putur yetmasligi haqida Qo‘shma Shtatlarni oldindan ogohlantirganini aytib o‘tgandi.

"(Isroilga qarshi) operatsiyadan oldin biz Amerika harbiy bazalariga hujum qilmasligimizni va bu operatsiya boshlanganidan keyin Isroilga harbiy va mudofaa yordami bermasa, mintaqadagi AQSH manfaatlariga ta’sir qilmasligimizni aniq aytdik", degan Abdullohiyon. 

TIV rahbari operatsiyadan so‘ng darhol Eron mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishga intilmayotgani haqida ham AQSHga xabar jo‘natgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing