Eron AQSH universitetlaridagi namoyishlarni bostirgan politsiyachilarga qarshi sanksiya kiritdi
Olam
−
03 iyul
3744Eron amerikalik politsiyachilarga AQSH universitetlarida Falastin tarafdorlarining norozilik namoyishlarini bostirishda ishtirok etgani uchun sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Eron rasmiylari “G‘azodagi sionistik rejim jinoyatlari oldida mazlum Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagan AQSHdagi universitet talabalari va professorlarining tinch namoyishini bostirish orqali inson huquqlarini poymol qilishda” ishtirok etgan 11 nafar amaldor nomini tilga oldi.
Ro‘yxatga Kolumbiya Metropolitan okrugi politsiyasi boshlig‘i Pamela Smit va Nyu-Xeyven politsiya boshliqlari Karl Jeykobson kiritilgan. Barcha aloqador shaxslarning Eronga kirishi taqiqlanadi, ularning mamlakat yurisdiksiyasi ostida hisoblari va aktivlari muzlatiladi.
Qayd etish joizki, Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti fonida Amerika universitetlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar o‘tkazilmoqda. Namoyishchilar 80 dan ortiq kollej kampuslarida lagerlar qurdi va 1300 dan ortiq odam hibsga olindi. Namoyishchilarning asosiy talabi Isroilga moliyaviy yordamni to‘xtatish.
LiveBarchasi