Eron AQSH harbiylarini o‘ldirgan yoki qo‘lga olganlarga mukofot beradi
Olam
−
12:19 1283 1 daqiqa
Eron armiyasi qo‘mondoni Amir Hotamiy AQSH harbiy xizmatchisini o‘ldirgan yoki qo‘lga olib topshirgan shaxslarga 30 ming dollar mukofot berilishini ma’lum qildi. Bu haqda Eron davlat OAVlariga tayanib TASS xabar berdi.
Hotamiyning aytishicha, “moliyaviy kampaniya”da ishtirok etish istagini bildirganlar soni ko‘paygani sababli maxsus reja ishlab chiqilgan.
“Amerikalik bosqinchi harbiyni o‘ldirgan yoki qo‘lga olib topshirgan har qanday shaxs Eron armiyasi kafolati ostida 30 ming dollar yoki 50 milliard rial miqdorida mukofot oladi. Agar buni eronlik ayol amalga oshirsa, mukofot ikki barobar oshiriladi”, degan u.
Shuningdek, Hotamiy AQSH qo‘shinlarini Yaqin Sharqni tark etishga chaqirib, Amerika kuchlari Fors ko‘rfazi, Ummon ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘oziga kirish huquqiga ega emasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSH bilan davom etayotgan urushni Donald Trampning prezidentlik muddati yakunlangunga qadar cho‘zish variantini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi