Erkakligi taxmin qilingan ayol bokschi Olimpiada chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
10 avgust
13574Parij Olimpiadasidagi ishtiroki jinsi bo‘yicha bahslarga sabab bo‘lgan jazoirlik bokschi Iman Xelif oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi 66 kg vazn toifasidagi boks turnirining final bahsida u xitoylik Yang Lyuni bir ovozdan ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi. Bu bilan Xelif Afrika davlatlaridan chiqqan boks bo‘yicha birinchi Olimpiya chempioniga aylandi.
Shu tariqa sportchi Jazoir tarixidagi yettinchi, 2000 yildan buyon birinchi, shuningdek, ayollar boksida mamlakat tarixida birinchi bo‘lgan Olimpiada o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi.
Oldinroq Iman Xelif bilan bog‘liq bahsli munozaralar tobora avj olgandi. Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahslarda italiyalik Anjela Karini raqibi, jazoirlik Iman Xalifga qarshi jangning 46-soniyasida to‘qnashuvni davom ettirishdan bosh tortgandi. Negaki Anjela Karini jang davomida raqibining kuchli zarbalariga dosh bera olmagan. Ilgari testosteron va jinsga oid testlardan o‘ta olmagani uchun jahon chempionatlarida qatnashishi taqiqlangan Jazoir bokschisi esa raqibi musobaqani tark etganidan so‘ng, Olimpiadadagi dastlabki jangida g‘alaba qozondi.
Xelif 2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medal uchun kurashdan bir necha soat oldin Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) muvofiqlik mezonlarini bajara olmagani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Jazoir Olimpiya qo‘mitasi esa avvalroq Xelifga qilingan hujumlarni qoralagandi.
Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni jazoirlik bokschi Iman Xelifning 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashishiga e’tiroz bildirdi. BBC bilan bo‘lgan suhbatida Xelif oltin medalni qo‘lga kiritish uchun kelganini aytgan.
Bundan tashqari, boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tinga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda mag‘lubiyatga uchragandi. Lin Yuy-Tin biologik erkak bo‘lgani uchun 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmagan, aniqrog‘i bokschiga mundialda qatnashishga ruxsat berilmagan, biroq Lin Yuy-Tinga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiada bahslarida qatnashishga ruxsat berdi.
LiveBarchasi