Taniqli murabbiy Diyora Keldiyorovani Olimpiadaga tayyorlaydigan bo‘ldi
Sport
−
14:53 1830 1 daqiqa
Germaniyalik mutaxassis Marko Shpitka O‘zbekiston ayollar dzyudo terma jamoasiga qaytadi va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovani 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorlaydi. Bu haqda “Judo News Online” nashri xabar berdi.
“Budolin Germaniyaga Marko Shpitkaning o‘rnini egallash uchun keldi. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, Shpitka O‘zbekiston terma jamoasiga qaytmoqda. U yerda u Diyora Keldiyorova bilan shaxsan ishlaydi va uni 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorlaydi. Shuningdek, u sport direktori lavozimini ham egallaydi”, deya xabar bergan manba.
Diyora Keldiyorova aynan Shpitka qo‘l ostida 2024 yilgi Parij Olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘zbekistonlik dzyudochi finalda yaponiyalik Uta Abeni mag‘lub etib, olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritgandi.
Parij Olimpiadasidan so‘ng Shpitka Germaniya erkaklar terma jamoasida ishlash uchun yurtiga qaytgan, Keldiyorova esa farzandli bo‘lish munosabati bilan sportda tanaffus qildi.
Ma’lumot uchun, Shpitka 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi sovrindori hisoblanadi. U avval O‘zbekiston ayollar dzyudo terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Shpitka 2024 yil dekabr oyida O‘zbekiston terma jamoasini rasman tark etib, Germaniyaga qaytgan. Shundan so‘ng Germaniya dzyudo federatsiyasi uni mamlakat erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlagan.
Live
Barchasi