Chempion qaytdi: Diyora Keldiyorova Aqtauda oltin medalni qo‘lga kiritdi (video)
Sport
−
18:28 606 1 daqiqa
Bugun, 17 oktyabr kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova (-52 kg) Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki yillik tanaffusdan so‘ng sportga qaytgan Keldiyorova Aqtau shahrida o‘tayotgan xalqaro turnir final bahsida ozarbayjonlik raqibini muddatidan oldin ippon usuli bilan mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova 2024 yil 28 iyul kuni Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, sportchi farzandli bo‘lgani sababli musobaqalarda ishtirok etishdan uzoq muddatga tanaffus olgan va bir qator yirik turnirlarni o‘tkazib yuborgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq germaniyalik mutaxassis Marko Shpitka O‘zbekiston ayollar dzyudo terma jamoasiga qaytgani va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovani 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorlashi haqida ma’lumot berilgandi.
Live
Barchasi