Erkak sobiq sevgilisining burnini tishlab oldi – AQSHda

Olam

image

AQSHda erkak sobiq sevgilisidan striptiz klubiga ishga kirgani haqidagi "xushxabar"ni eshitgach, uning burnini tishlab oldi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

34 yoshli Devid Morin o‘z sevgilisi bilan yetti oy davomida uchrashib yurgan. Ajrashganidan so‘ng, erkak do‘stlaridan sobiq sevgilisining yangi ishi haqida xabar topib, u bilan shu mavzuda gaplashib olishga qaror qiladi. Biroq, qiz uning qo‘ng‘iroqlari va xatlariga javob bermaydi. Shu bois ham Morin sobiq sevgilisi yashaydigan xonadonning derazasini sindirib, uning kvartirasiga kirib oladi.

Qiz ishdan qaytgach, ular o‘rtasida og‘zaki janjal bo‘lgan, so‘ng erkak raqqosaga hujum qilib, uning burnini tishlab olgan. Hujumdan keyin yigit noma’lum tomonga qochib ketgan, qiz esa shifoxonaga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, rashkchi erkak bir necha kundan keyin hibsga olingan. Hozirda uning bu ishi sudda ko‘rib chiqilyapti.

Ulkanbayeva Rayxona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing