Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklangan ayol vafot etdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli kelin ovsini, qaynonasi va eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani xabar qilingan edi. Bugun, 24 yanvar kuni ayol olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

“Afsuski, 23 yoshli ayol ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etdi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mazkur holat jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgani sababli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 1261-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) 8-qismi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida xotinini bolalarining oldida belkurak bilan urgan erkak 3 yilga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Oqqo'rg'on Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing