IIO xodimi bilan “quvlashmachoq o‘ynagan” erkak BYD’ga urildi

3-sahifa

−

image

Toshkent shahrida qidiruvda bo‘lgan shaxs ichki ishlar xodimlaridan qochishga urinib, yo‘lda ketayotgan BYD avtomobiliga urildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 oktyabr kuni xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga Toshkent shahar IIBB Tezkor boshqaruv markazidan qidiruvdagi shaxs “Malika” bozori hududida ekanligi haqida xabar kelib tushgan.

Xodimlar shaxsni aniqlab, planshet orqali tekshirgan va uni ushlash choralarini ko‘rgan. Qochishga uringan fuqaro yo‘lda BYD avtomobiliga urilganiga qaramay, harakatlanishda davom etgan. Xodimlar uni tezkorlik bilan qo‘lga olib, dastlab bozor hududidagi ichki ishlar tayanch punktiga, keyin esa tegishli ichki ishlar organlariga olib borgan.

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, qochayotgan shaxs do‘kondan yugurib chiqib, BYD avtomobiliga urilgan. Shundan so‘ng, ichki ishlar xodimlari uni tezkorlik bilan ushlagan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro bir necha marta tergov jarayonlariga chaqirilgan, biroq bormagan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, majburiy keltirish belgilangan. Qo‘lga olingan shaxs ham tergovga chaqirilganida bormagani sababli qidiruvga berilganini tasdiqlagan. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, qonun oldida javob berishga tayyorligini aytgan.

Bildirilishicha, hozirda fuqaroga nisbatan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ijaraga olingan Malibu-2 avtomobilida harakatlangan texnikum o‘quvchilari yo‘l-patrul xixmati xodimining to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing