Ergashevning chempionlik jangi sanasi va manzili o‘zgardi 

Sport

image

Avvalroq Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) buyrug‘i bilan puerto-rikolik Sabriel Matias o‘z chempionlik kamarini hamyurtimiz Shohjahon Ergashevdan himoya qilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu jang joriy yilning 4 noyabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkazilishi kerak edi. 

Biroq ESPN kanalining taniqli jurnalisti Mayk Koppinjerning xabar berishicha, Matias-Ergashev jangi 25 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni puerto-rikolik Sabriel Matias yarim o‘rta vazn toifasida o‘ziga tegishli IBFkamarini o‘zbekistonlik bokschidan himoya qiladi. 

Ushbu jang Devid Benavides - Demetrius Andrade jangining anderkardida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev-Matias jangining promouterlik savdosida TGB promotions g‘olib bo‘lgandi. Bo‘lajak jangdan Matias 357 ming AQSH dollar, O‘zbekiston vakili esa 153 ming AQSH dollar daromad qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shohjahon Ergashev Las-Vegas IBF Sabriel' Matias Mayk Koppinjer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing