Ergashevning Matiasga qarshi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashevning IBF kamari uchun puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi jangi 4 noyabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Oxirgi jangini 2022 yil avgust oyida Meksika vakili Anxel Martinesga qarshi o‘tkazgan Ergashev hozirda Amerikada bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Shartnomani imzoladim. Barcha masalalar hal bo‘ldi. Mashg‘ulotlar a’lo darajada davom etmoqda. Oyog‘imda jarohat bor edi, hozir esa og‘riqlar kamaygan”, deydi Ergashev.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev-Matias jangining promouterlik savdosida TGB promotions g‘olib bo‘lgandi. Bo‘lajak jangdan Matias 357 ming AQSH dollar, O‘zbekiston vakili esa 153 ming AQSH dollar daromad qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev boks Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing