Özbekistonlik boksçilar jahon çempionatida 8 ta medal oldi

Sport

−

image

Çernogoriyaning Budva şahrida yoşlar örtasidagi boks böyiça jahon çempionati öz yakuniga yetdi. Musobaqada Özbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza medali – jami 8 ta medalni qölga kiritdi.

Erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Şu tariqa, özbekistonlik yigitlar mamlakat boks maktabining xalqaro maydondagi yetakçilik an’analarini davom ettirdi.

Qizlar terma jamoasi ham munosib natija qayd etib, 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medaliga sazovor böldi. Şu tariqa, Özbekiston yoşlar terma jamoasi jahon çempionatini 8 ta medal bilan yakunladi.

Ma’lumot uçun, uşbu jahon çempionatida Özbekiston erkaklar terma jamoasi 10 nafar, ayollar terma jamoasi 8 nafar jami 18 nafar iştirokçi bilan qatnaşgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing