Erdo‘g‘anning ovozi sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirildi
Olam
−
18 avgust 2023 5864 1 daqiqa
Turkiyada Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ovozini soxtalashtirishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs sun’iy intellekt yordamida davlat rahbarining ovozini soxtalashtirgan. Shundan so‘ng, u soxta ovoz orqali GSM liniyalarida martabali amaldorlar va biznesmenlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni chuv tushirishga uringan. Uning abonentlar bilan qanday kelishuvlarga erishgani haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q.
Gumondor qisqa vaqt ichida Turkiya milliy razvedkasi tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holatdan so‘ng rasmiylar bu kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqida bayonot bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlar mo‘may daromad orttirish maqsadida o‘zbek kino ixlosmandlariga “Doktor Strenj” filmidagi obrazi bilan mashhur bo‘lgan aktyor Benedikt Kamberbetchning ovozini sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025